Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jamoatchilik fikri ta’sirida Trailblazer sotib olinmadi

Jamoatchilik fikri ta’sirida Trailblazer sotib olinmadi

Davletov.uz telegram kanalida Davlat aktivlarini boshkarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan Trailblazer avtomobili xarid qilingani haqida xabar tarqatildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati mazkur axborotga javoban quyidagilarni ma’lum qildi. 

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi joriy yil 2 noyabr kuni davlat xaridlari saytiga Qoraqalpog‘istonning hudud sharoitlarida foydalanish maqsadida avtomobilning yo‘l tanlamas turi bo‘lgan Trailblazer avtomobilini xarid qilish bo‘yicha e’lon bergan va joriy yil 9 noyabrga qadar pul o‘tkazish sharti bilan shartnoma tuzilgan.

❗️Lekin, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan turli fikrlar inobatga olingan holda agentlik tomonidan ushbu xariddan voz kechilgan va avtomobil sotib olinmagan.

Kiritildi: 21:00 13.11.2020. O'qildi: 2660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!