Anjumanda Qirg‘iz Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Turizm departamenti va mamlakatimiz Turizm qo‘mitasi hamkorligida amalga oshiriladigan mazkur loyiha yuzasidan memorandum imzolandi.
Hujjatga asosan tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
– Davlat, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqa manfaatdor tuzilmalar hamkorligiga ko‘maklashish va ikki mamlakatda turizm barqaror rivojlanishini ta’minlash;
– tomonlar hududlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish;
– har ikki davlatga turistlar oqimini jalb qilish;
– sohaga sarmoya jalb etishga ko‘maklashish, investisiyani ikki va ko‘p tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
– “Chotqol kurorti” tog‘-chang‘i dam olish maskani” investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida mutaxassislar o‘rtasida tajriba va bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
– dam olish maskanlarida sayyohlik imkoniyatini targ‘ib qilishga hissa qo‘shish.
2024-2028 yillarda Jalolobod viloyati Chotqol tumanida barpo etiladigan ushbu majmua mamlakatimiz turizm sanoati rivojiga xizmat qilishi shubhasiz.