O‘zbekiston milliy jamoasi va Eronnning «Istiqlol» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov qancha muddatda safga qaytishini ma’lum qildi.
«Turli kanallardan mavsum oxirigacha o‘ynamasligim haqidagi xabarlar kelmoqda. Bu noto‘g‘ri. Ha, kichik jarohatim bor. Lekin 1-1,5 oyda maydonga qaytaman. Allaqachon tiklanish mashqlarini boshlaganman.
Iltimos, men haqimda har xil yolg‘on xabarlar chiqarmanglar», — deydi 31 yoshli futbolchi «instagram»dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Masharipov so‘nggi rasmiy o‘yinini 10 iyun kuni JCH-2026 saralashi doirasida O‘zbekiston safida Qatarga (3:0) qarshi o‘tkazgan.