Jahongir Ortiqxo‘jayevning qizi otasini tanqid qilayotgan blogerlarga murojaat qildi
"3,5 yil qilingan mehnatning shu kungacha qadriga yetmagan odamlar, ayni jurnalistlar bor. Jurnalistika bu birovning ishlarini, gaplarini noto‘g‘ri tushuntirish va negativ tarqatish emas.
Shuncha oylardan beri otamning ismiga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgan jurnalistlar va "blogerlar", maqola yozayotganlaringda Allohning oldida qanday javob berishni o‘ylang", deb yozadi Komila Ortiqxo‘jayeva.