Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ebola virusi dastlab taxmin qilinganidan tezroq tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

JSST vakili bo‘lgan doktor Anna Ansiya BBC bilan suhbatda o‘rganish ishlari davomida kasallik tarqalgan yangidan yangi hududlar ma’lum bo‘layotganini aytgan.

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagidan vafot etganlar soni kamida 131 kishini tashkil etmoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, yana 513 kishi virusga chalingani gumonlanmoqda. Bir kun oldin ham qurbonlar soni 80 nafar, kasallanganlar soni 300 nafar atrofida baholanayotgandi.

Londondagi MRC Global yuqumli kasalliklar tahlil markazi tomonidan o‘tkazilgan va dushanba kuni e’lon qilingan modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, ro‘yxatga olingan holatlar soni asl vaziyatni aks ettirmaydi va kasallanish holatlari soni allaqachon 1000 dan oshganini istisno qilib bo‘lmaydi.

Hozirgi epidemiyani keltirib chiqargan ebola virusi shtammiga qarshi vaksina mavjud emas, ammo JSST himoyalanish uchun boshqa dorilardan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!