Farmon (PF-74-son, 30.04.2025 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
🔹bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;
🔹bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi ta’minlanadi;
🔹oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklarasiyalash tartibi joriy etiladi;
🔹respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtiriladi.