BMTning oziq-ovqat tashkiloti ma’lum qilishicha, insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari G‘azoga janubdagi Karem Abu Salem va shimoldagi Zikim chegaralaridan o‘ta boshlagan.
Tashkilot aytishicha, dastlabki yuk mashinalarida "juda muhtoj odamlar uchun" bug‘doy uni va iste’molga tayyor oziq-ovqat paketlari mavjud bo‘lib, ular Misr, Iordaniya va Isroil yo‘nalishlari orqali har kuni oziq-ovqat yetkazib berishni maqsad qilgan.
"Bu vaqtinchalik tinchlik gumanitar yordam uchun juda muhim. Xavfsizlik va kirishga ruxsat ta’minlanishi shart."