Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan, CAFA musobaqasini qabul qiladigan terma jamoamiz qayerda o‘ynaydi?

Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan, CAFA musobaqasini qabul qiladigan terma jamoamiz qayerda o‘ynaydi?

"Paxtakor" klubi sport direktori Ravshan Salimov "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida gapirdi.

"Bunyodkor" stadioni maysasi bir necha kundan beri “trend”da. Ayrimlar “maydonni dabdala qilishdi” deydi, boshqalar esa “stadion xalqniki, konsert qilishga haqimiz bor” deb himoya qiladi.

Balkim, stadion rostan ham xalqnikidir. Lekin xalqniki bo‘lgan narsani vayron qilish kerak emas — asrash kerak. Chunki u xalqniki, kimningdir shaxsiy mulki emas.

"Stadion xalqniki, chet ellarda ham stadionlarda konsertlar bo‘ladi-ku" deyishadi. Lekin o‘sha chet ellarda maydonni qanday muhofaza qilishlarini bilarmikan?

Masalan, “Real”ning “Santyago Bernabeu” stadionida maydon maxsus mexanizm orqali yer ostiga tushiriladi. Yer ostida gazonni parvarish qilish uchun barcha sharoit bor. Shunga qaramay, 2024 yilda u yerdagi ko‘p konsertlar mahalliy aholining shovqin-suron haqidagi shikoyati tufayli bekor qilingan. Yo‘llarni berkitib, hosil bo‘ladigan probkalardan charchashgan bo‘lishsa kerakda.

Maysasi yig‘iladigan stadionlar Germaniya, Yaponiya va “Tottenhem”da ham bor.

Maydoni yig‘ilmaydiganlar esa boshqa usul ishlatadi. Masalan, Londondagi “Uembli”da gazon ustiga qimmatbaho TerraTrakPlus panellari yotqiziladi. Shu orqali, hatto 80 tonna og‘irlikdagi kranlar ham sahna qurish uchun kirib ishlay oladi, lekin gazonga zarar yetkazmaydi. Montaj tugagach, ustiga yorug‘lik o‘tkazuvchi TerraFlor panellari yotqiziladi. Bu panellar odamlar va jihozlar harakatini ta’minlab, gazonni himoya qiladi.

Albatta, bu xizmatlar arzon emas. Bizda bunday texnologiya ishlatilganmi-yo‘qmi — bilmayman. Bilganim shuki, unchalik og‘ir bo‘lmagan sahna maydon drenaj tizimini ishdan chiqargan va gazon ham vayron bo‘lgan.

O‘zbek futboliga yulduzlar yetkazib bergan “Bunyodkor” endi o‘ziga maydon qidirishga majbur. “Bunyodkor” balki o‘rganib qolgandir, lekin terma jamoamiz-chi? Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan, CAFA musobaqasini qabul qiladigan terma jamoamiz qayerda o‘ynaydi?", — deb yozdi Salimov telegramdagi sahifasida.

Kiritildi: 23:25 09.08.2025. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!