Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jahon chempionatidan so‘ng “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxati yangilandi — Score 90

Jahon chempionatidan so‘ng “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxati yangilandi — Score 90

Score 90 nashri 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatda “Real” hujumchisi Kilian Mbappe hamon yetakchilik qilmoqda. “Barselona” vingeri Lamin Yamal esa reytingda ko‘tarilib, ikkinchi pog‘onani band etdi. O‘z navbatida, “Bavariya” a’zosi Harri Keyn uchinchi o‘ringa tushgan. “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Rodri esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Erling Holand yakunlagan.

Kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Kilian Mbappe (“Real”)
2. Lamin Yamal (“Barselona”)
3. Harri Keyn (“Bavariya”)
4. Rodri (“Manchester Siti”)
5. Erling Holand (“Manchester Siti”)

Jahon chempionatidan so‘ng “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxati yangilandi — Score 90

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi. “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi shu yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:30 24.07.2026. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!