Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jahon chempionatida qatnashadigan bokschilarimiz nomi aniq

Jahon chempionatida qatnashadigan bokschilarimiz nomi aniq

4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing shafe’ligidagi birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston boks federasiyasi mazkur musobaqada qatnashadigan tarkibimizni e’lon qildi. Unga ko‘ra, quyidagi bokschilarimiz dunyo birinchiligida ishtirok etishadi:

Erkaklar:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Kiritildi: 19:13 02.09.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!