Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston U-17 bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi

Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston U-17 bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda 3 noyabrdan 27 noyabrga qadar davom etadigan Jahon chempionatiga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ushbu turnir oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Osiyo kubogidan keyin tayyorgarlik uchun oldimizda kam vaqt bor edi. Shunga qaramasdan tayyorgarlik a’lo darajada o‘tdi. Jahon chempionatiga optimal holatda yetib boramiz.

— Hujumchilar haqida:
Nurbek jamoa uchun juda katta foyda keltirgan futbolchi. Hozircha bir nechta hujumchilarga imkoniyat berildi, biroq ular terma jamoa darajasida o‘yin ko‘rsata olishmadi. Bizning asosiy maqsadimiz — guruh bosqichidan chiqish. Umid qilamizki, Nurbek guruh bosqichidan keyingi uchrashuvlarda bizga yordam beradi.

— Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa:
Biz jamoa sifatida o‘z oldimizga yuqori maqsad qo‘yganmiz. Ishonamizki, futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijalarga erishishadi.

— Kartochkalar va chetlatishlar haqida:
Osiyo Kubogidan so‘ng barcha jihatlarni, jumladan, kartochkalar masalasini ham tahlil qildik. Bu yosh o‘tish davri hisoblanadi, futbolchilar hali yosh. Biroq biz ularni doimo ogohlantirib, tushuntirib kelyapmiz. O‘ylaymanki, Jahon chempionatida bunday xatolar takrorlanmaydi.

— Penaltilar seriyasi haqida:
Mashg‘ulotda penalti tepish bilan o‘yindagi holat butunlay boshqacha. Shu bois biz hozir bu borada ilmiy yondashuv asosida ishlayapmiz, raqiblarni ham tahlil qilib chiqyapmiz.

— O‘rtoqlik uchrashuvlari haqida:
Ushbu o‘yinlarda asosan taktika ustida ishladik. Birinchi o‘yinda maydon markazidagi kombinasiyalarni sinovdan o‘tkazdik, ikkinchi o‘yinda esa odatiy 4-3-3 sxemasini yana bir bor tekshirib oldik. Bu uchrashuvlar jamoaning foydasiga xizmat qildi. Oldimizda Jahon chempionati turgani uchun barcha e’tiborni tayyorgarlikka qaratganmiz.
Terma jamoa safida har bir uchrashuv Vatan sha’nini himoya qilish demakdir. Shu sababli futbolchilardan har doim maksimal darajada o‘yin ko‘rsatishlarini talab qilamiz. O‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ijobiy natija qayd etishga intilamiz.

— Jismoniy holat haqida:
Futbolchilarimizning jismoniy holati doimiy ravishda nazoratda. Osiyo Kubogida ko‘plab jamoalarda o‘yinlar davomida charchoq sezilgan bo‘lsa, bizda aksincha — o‘yindan-o‘yinga jismoniy tayyorgarligimiz yaxshilanib bordi. Umid qilamanki, Jahon chempionatida ham shu holatni saqlab, ijobiy natijalarga erishamiz.

Kiritildi: 18:21 17.10.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!