Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jahon bozorida neft narxlari ketma-ket ikkinchi hafta pasaymoqda

Jahon bozorida neft narxlari ketma-ket ikkinchi hafta pasaymoqda

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Juma kuni Brent markali neft narxi bir barrel uchun 95,77 dollargacha, AQShning WTI markali nefti esa 88,57 dollargacha arzonlashdi. Haftalik yakunlarga ko‘ra, har ikki turdagi neft narxi ham taxminan 2 foizga pasayishi kutilmoqda.

Ayni paytda, Rossiyaning Urals xom neftining narxi 1 barrel uchun 72,18 dollarni tashkil etdi. Bu 0,02 dollarga yoki 0,03% ga yuqori.

Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashish tahdidlari tufayli neft bozoridagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda.

O‘tgan haftada Brent markali neft 16 foizga, WTI esa 13 foizga arzonlashgan edi. Erondagi urush tugasa yanada pasayishi kutilmoqda. Urushlar tufayli ko‘tarilgan O‘zbekistondagi benzin narxlari endi tushmasa kerak.

Kiritildi: 21:04 14.11.2026. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik