Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bahodir Karim: "Jadidlar va ularning g‘oyalari aslo o‘lmaydi"

A A A
Bahodir Karim: "Jadidlar va ularning g‘oyalari aslo o‘lmaydi"

Bahodir Karim manbalardan biriga bergan intervyusida bugungi xorij universitetlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni 1922 yilda Abdurauf Fitrat boshliq tashabbus bilan Germaniyaga yuborilgan talabalar bilan qiyosladi.

Bugun, 11 dekabr kuni poytaxtimizda «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tayotgani haqida biroz avval saytimizda xabar bergan edik. Unda Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim ham ishtirok etyapti. Bahodir Karim manbalardan biriga bergan intervyusida bugungi xorij universitetlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni 1922 yilda Abdurauf Fitrat boshliq tashabbus bilan Germaniyaga yuborilgan talabalar bilan qiyosladi.

«Ularning ko‘pchiligi bu qasamga sodiq qolib, yurtiga qaytib keldi va qatag‘onga uchradi. Ayrimlari Germaniyada qoldi, ayrimlari esa Turkiyaga o‘tib yashadi.

Men buni istiqlol yillarida juda ko‘p yoshlarimiz chet ellarga chiqib o‘qiyotganiga qiyoslayman. Yoshlar dunyoga chiqib, o‘qiyapti, o‘rganyapti. Agar ularning qalbida, yuragida vatanga muhabbat bo‘lsa, kelib mana shu mamlakatni obod qilmog‘i kerak.

Juda ko‘p yosh yigitlarda jadidlardan qolgan g‘oyalar, fikrlar, qarashlar o‘zining hayotiga, ilm-ma’rifatiga tatbiq etayotgan bo‘lsa, demak jadidlar o‘lmagan, ularning g‘oyalari o‘lmagan. Jadidlarning ruhi hamma vaqt tirik», – dedi professor.

Ayni palla ilmiy konferensiyada Temur Xo‘ja o‘g‘li va Baxtiyor Hasanov boshqaruvida yalpi majlis ma’ruzalari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:45 11.12.2023. O'qildi: 1824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!