Istituto Cattaneo jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi Italiyadagi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi va talabalarning yarmiga yaqini Isroil hukumati Falastin aholisiga nisbatan nasistlar yahudiylarga qanday munosabatda bo‘lsa, xuddi shunday yo‘l tutishadi, deb hisoblashini aniqladi.
Qayd etilishicha, Milan, Boloniya va Padua universitetlari talabalarining 46,3 foizi bu gapni to‘g‘ri deb hisoblaydi.
O‘z navbatida, so‘l siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan talabalar orasida respondentlarning 59,7 foizi shu nuqtai nazarni bildirgan. Tadqiqot natijalarini Milanning Corriere della Sera gazetasi chop etdi.