Umumiy qiymati €9 mlndan ortiq asarlar mart oyida Italiyaning shimolidagi Magnani-Rocca jamg‘armasidan o‘g‘irlangan.
Ikki o‘g‘ri eshikni buzib kirib, asarlarni olib, bog‘ orqali qochib ketgan. Buning uchun ularga atigi uch daqiqa kerak bo‘lgan.
Italiya madaniy merosini himoya qilish bo‘linmasi karabinerlari kartinalarni topib, muzeyga qaytardi.
Ular orasida Renuarning “Baliqlar”, Sezannning “Gilosli natyurmort” va Matissning “Terrasa” asarlari bor.