Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiyada kurash akademiyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi

Italiyada kurash akademiyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi

Xalqaro kurash assosiasiyasi xabariga ko‘ra, Italiya kurash akademiyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi. U Italiyada rasmiy ro‘yxatga olinib, davlat idoralari tomonidan tasdiqlangani to‘g‘risidagi hujjat Xalqaro kurash assosiasiyasiga taqdim etildi.

Yangi tashkil etilgan Italiya kurash akademiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro kurash assosiasiyasi Kurash instituti va O‘zbekiston kurash federasiyasi joriy yil fevral oyi oxirida Yevropaning ushbu mamlakatida murabbiylik seminarini tashkil etadi.

O‘zbekiston kurash federasiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan ushbu seminar Yevropaning barcha mamlakatlari vakillari uchun ochiq hisoblanadi. Seminar davomida kurashni ko‘hna qit’ada ommalashtirishda ishtirok etadigan mutaxassis va sportchilarga kurash yaktaklari, o‘quv-qo‘llanmalar tarqatiladi.

Mazkur kurash seminari 2024 yilning iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turnirga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Italiyada sovrin jamg‘armasiga ega xalqaro turnir tashkil qilinadi.

Kiritildi: 21:28 13.01.2024. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!