Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Italiyada koronavirusning keng tarqalishiga futbol sabab bo‘ldimi?

Italiyada koronavirusning keng tarqalishiga futbol sabab bo‘ldimi?

Italiyalik shifokor Fabiano di Marko Italiyada koronavirus pandemiyasining keng yoyilishiga sabab qilib futbol uchrashuvini ko‘rsatdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

«19 fevral kuni Bergamoning 40 ming aholisi «San-Siro» stadionida kechgan «Atalanta»—«Valensiya» uchrashuvini tomosha qilish uchun Milanga yo‘l oldi. Ular avtobus, mashina, poyezdda yo‘lga chiqdi va bu afsuski, haqiqiy biologik bombaga aylandi», — deydi di Marko.

Italiyada ko‘pchilik shifokor va mutaxassislar Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan mazkur o‘yin Italiyada, xususan Lombardiya hududida koronavirusning keng yoyilishiga sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Italiya favqulotda holatlarni o‘rganish va bartaraf qilish deportamenti — Protezione Civile ham mamlakatdagi ayanchli vaziyatga mazkur uchrashuvni sababchi qilib ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Atalanta» 19 fevral kungi «Valensiya»ga qarshi bahsni (4:1) Bergamoda emas, Milanda o‘tkazgandi. Keyinchalik har ikki klubda ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi.

Kiritildi: 09:25 24.03.2020. O'qildi: 2765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!