Bolsano shahrida (Italiya shimoliy qismi) 1920 yillarga oid mahalliy sud binosi qulab tushdi.
Bu haqda ANSA nashri xabar bermoqda.
Yaqinda ta’mirlash va kengaytirish ishlari olib borilgan binoning taxminan to‘rtdan bir qismi qulab tushdi.
Bolsano sudi raisi Francheska Bortolottining xabar berishicha, qulash ta’mirlanayotgan hududdagi yuk ko‘taruvchi ustunlar tufayli sodir bo‘lgan.
Qulash paytida bino ichida uch kishi, tozalash xodimlari bo‘lgan; ulardan biri yengil jarohatlar olgan.