Italiya bosh vaziri Ukrainani NATO'ga qabul qilmasdan, unga xavfsizlik kafolatlarini berishni taklif qildi — Bloomberg
Agentlikning yozishicha, Jorja Melonining rejasi “NATO-Light” mexanizmini nazarda tutadi. Unga ko‘ra, agar Ukraina va Rossiya o‘rtasida mojaro qayta boshlansa, ittifoqchilar 24 soat ichida Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olishlari shart bo‘ladi.
"Bunday holatda Kiyevga yordam Ukraina Qurolli kuchlarini mustahkamlash, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish, tezkor mudofaa va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olishi mumkin", deya yozmoqda Bloomberg.