Italiya bosh vaziri Djordja Meloni AQShning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Bu haqda Reuters agentligi bosh vazir idorasiga tayanib xabar bermoqda.
Meloni bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan muzokaralar yakunida bayonot berdi.
"Suhbat chog‘ida muzokaralar bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi va yakuniy maqsad yana bir bor tasdiqlandi: butun Yevropa manfaatlari yo‘lida adolatli va mustahkam tinchlikka erishish. Ishonchli xavfsizlik kafolatlariga havola ma’qullandi", — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.