Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Italiya aeroportida Yevropadagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi

Italiya aeroportida Yevropadagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi

Stansiya Rim-Fyumichino aeroportidan karbonat angidrid gazi chiqindilarini yiliga 11 ming tonnadan ko‘proqqa kamaytiradi, deya xabar beradi Euronews.

Aeroport - nafaqat havo transportini amalga oshirish va unga xizmat ko‘rsatish majmuasidir. Italiyada isbotlanganidek, aeroportlar quyosh panellarini o‘rnatish uchun ideal joy bo‘lishi mumkin.

Rim Fyumichino xalqaro aeroporti yaqinda o‘zining yangi quyosh fermasini taqdim etdi. U №3 uchish-qo‘nish yo‘lagining sharqiy qismida joylashgan. Ellik besh ming panel Yevropadagi eng katta fotoelektr tizimni tashkil qiladi.

Stansiya Italiya energetika vaziri ishtirokida ochildi. Ushbu loyiha tufayli aeroportning ishlashi davomida ajralib chiqadigan karbonat angidrid har yili 11 ming tonnadan ko‘proqqa kamayadi.

Shu kabi loyihalar uchun aeroportlardan tashqari ko‘plab hududlardan foydalanish mumkin.

Aviasiya transport sohasida issiqxona gazlari chiqindilarining ikkinchi yirik manbasidir. Qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun o‘z asoslaridan foydalangan holda, aeroportlar qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish va «yashil energiya»ga o‘tishga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Kiritildi: 18:32 23.01.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!