Suv xo‘jaligi endi eskicha «quvur tuzatish» sohasi emas. Bu tizim sun’iy intellekt, raqamli xaritalar va yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sohaga aylanmoqda.
Prezident farmoniga ko‘ra, tizim davr talabiga moslashtiriladi, kadrlar tayyorlash tubdan yangilanadi:
🤖 SI va raqamlashtirish: «O‘zsuvta’minot» AJ tuzilmasida raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
🎓Dual ta’lim va yangi fakultet: 2027/2028 o‘quv yilidan tegishli milliy tadqiqot universitetida dual ta’lim (nazariya + amaliyot) shaklida ixtisoslashgan alohida fakultet va har bir hududdagi texnikumlarda maxsus yo‘nalishlar ochiladi.
🖥 Shaffof elektron platforma: Barcha suv va oqova suv loyihalari hamda yer osti suvlari holati haqidagi ma’lumotlar yagona elektron platformaga integrasiya qilinadi.
📍 Xususiy sektor va yangi boshqaruv: Respublikaning 10 ta hududida suv tizimlarini qurish va boshqarishga xususiy investorlar va menejerlar jalb qilinadi.
Sohaga IT va sun’iy intellektning kirib kelishi hamda dual ta’limning yo‘lga qo‘yilishi yoshlar uchun munosib maoshli, zamonaviy va istiqbolli yangi kasb eshiklarini ochadi.