Istanbuldagi zilziladan so‘ng 4295 ta bino zarar ko‘rdi, dedi Turkiya shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murat Qurum.
"Hozirgacha biz 36425 ta binoni tekshirdik, ulardan 4295 tasiga kichik zarar yetgan," - deya uning so‘zlarini keltiradi TRT Haber.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila sodir bo‘lgan hududda ishlar davom etmoqda.