Istanbulda qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 30 yanvar holatiga ko‘ra 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari ayol kishi.
vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migrasiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, ba’zi vatandoshlar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqqan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.
17 yanvar kuni Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.