“Interfaks” xabar berishicha, Rossiya delegasiyasi Istanbuldagi Dolmabahche saroyiga yo‘l oldi, aynan shu yerda Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi Ukraina delegasiyasi Rossiya bilan muzokaralar uchun Istanbulga yo‘l olganini bildirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv 15 may kechqurun yoki 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.