Istanbuldan 60 km uzoqlikda joylashgan Gebze shahrida olti qavatli bino qulab tushdi.
NTV telekanali xabar berishicha, qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, bino yaqinida metro liniyasini qurish ishlari olib borilmoqda.
A-haber xabariga ko‘ra, vayronalar ostida taxminan olti kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin.