Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Istanbul meriyasidagi korrupsiya ishida yana sakkiz kishi hibsga olindi

Istanbul meriyasidagi korrupsiya ishida yana sakkiz kishi hibsga olindi

Turkiyada Istanbul meriyasida korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida yana sakkiz kishi hibsga olindi.

Sud jarayonida sudya Bulut Aydöner, Fotih Yagji, Huseyin Yurddosh, Kadir O‘zturk, Murat Or, Mustafo Bostanji, Sabri Saner Kirja va Umit Po‘latni hibsga olishga qaror qildi.

Zafer Chimen va Solih Ilhan polisiya nazoratiga olindi.

Istanbul Bosh prokuraturasi gumondorlarni, jumladan hibsga olingan va lavozimidan chetlashtirilgan shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘lini “jinoiy tashkilotga yetakchilik qilish”, “jinoiy tashkilotga a’zolik”, “tovlamachilik”, “pora olish”, “jiddiy firibgarlik”, “shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy egallash” va “noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish” kabi ayblovlar bilan tergov qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hibsga olishga buyruq berilgan shaxslar 9 iyul kuni Istanbul prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov doirasida Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan operasiya natijasida qo‘lga olindi.

Kiritildi: 09:50 12.07.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!