Sudlanuvchi O.M.M. 2020 yil 06 noyabr kunidan 20 noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zi og‘zaki kelishuv asosida ishlab kelayotgan fuqaro R. A. ga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Otbozor MFYda joylashgan issiqxona qurilishi uchun keltirilgan umumiy qiymati 5.000.000 so‘mga teng bo‘lgan polietilen mahsulotlarini turli vaqtlarda kam-kamdan olib borib, ularni sotib yuborib, davomli o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan.
Sudlanuvchi O.M.M. sud majlisida, aybiga iqror bo‘lib, u fuqarolarga issiqxona qurish bilan faoliyati bilan shug‘ullanib kelishini, 2020 yil noyabr oyi boshlarida fuqaro R A bilan unga Buxoro shahar Otbozor MFYda joylashgan yerda issiqxona qurib berish uchun kelishganligini, R.A unga issiqxona qurish uchun materiallarni olib kelib berganligini, qurilish davomida 3 marta oilasi uchun pul kerak bo‘lganligi sababli issiqxona uchun ishlatiladigan polietilen selofan mahsulotlarini sotib yuborganligini, hozirda jabrlanuvchi R.A polietilen selofan mahsulotining narxi 5.000.000 so‘m deb aytayotganligini, lekin u 5.000.000 so‘mlik selofan sotmaganligini, tez kunda ishlab jabrlanuvchi R.A.ga 5.000.000 so‘mlik zararni to‘liq qoplab berishini, aybiga iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchidan kechirim so‘raganligini, oilali, qarmog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligini, bir nafar farzandi yurak yetishmovchiligi nuqsoni bilan kasallanganligini, oilada yagona boquvchiligini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy yengilroq jazo berishni so‘rab iltimos qildi.
Sud sudlanuvchi O.M.M. ning qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini va bunday jinoyat yo‘liga bilmasdan kirib qolganligi kelgusidan bunaqa jinoyat takrorlanmasiligi oilasida yagona boquvchi ekanligini aytib o‘tdi.
Sud sudlaniuvchining aybigi to‘liq iqrorligini inobatga olib unga nisbatan shaxsiga va qilgan jinoyat ishiga mos jazo tayinladi.
Z.U.Muzaffarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi