Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratilishi belgilangan.
📋 Bunda, kredit ta’minoti sifatida "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasi sug‘urta polisi qabul qilinadi va sug‘urta mukofoti xarajatlarining 75 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.