 
        Jahon miqyosida har daqiqada bir kishi issiqlik tufayli vafot etadi. 1990 yillardan beri global isish bilan bog‘liq o‘lim darajasi 23 foizga oshdi.
Bu haqda The Lancet Countdown nashri xabar berdi.
The Lancet Countdown - bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan hamkorlikda London Universitet kolleji tomonidan tayyorlangan hisobot. Unda mutaxassislar iqlim o‘zgarishining aholi salomatligiga ta’sirini muhokama qiladi.
Hisobotda aytilishicha, agar jahon yetakchilari siyosatni o‘zgartirmasa va neft kompaniyalari yangi konlarni o‘zlashtirishda davom esa, iqlim o‘zgarishidan ko‘rilgan zarar yanada kuchayadi. Sayyoramizning qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligi havoning ifloslanishiga, o‘rmon yong‘inlariga va kasalliklarning tarqalishiga olib keladi.
2012 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab har yili o‘rtacha 546 000 kishi issiqlik tufayli vafot etgan. "Bu haqiqatan ham hayratlanarli ko‘rsatkich va u o‘sib bormoqda", dedi ekspertlardan biri, Sidney universiteti professori Olli Jey.
So‘nggi to‘rt yil ichida o‘rtacha odam yiliga 19 kun hayotiga xavf tug‘diradigan issiqlikka duchor bo‘lgan. Agar inson tomonidan global isish bo‘lmasa, bu ko‘rsatkich faqat uchta bo‘lar edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim falokatining oldini olish va hayotni himoya qilish uchun echimlar mavjud. "Agar biz qazib olinadigan yoqilg‘ilarni moliyalashda davom esak va ularning kengayishiga ko‘maklashsak, sog‘lom kelajakning imkoni yo‘qligini bilamiz", - dedi London Universitet kolleji doktori Marina Romanello.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                    
                     Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”