Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bu bayonotni Isroilning Dohadagi HAMAS delegasiyasi a’zolariga qarshi sodir etgan hujumidan so‘ng chaqirilgan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining favqulodda qo‘shma sammitida bildirdi.
"Dohada sodir etilgan bu hujum nafaqat mamlakatimizga, balki butun mintaqaning xavfsizligiga yo‘naltirilgan. Isroilning bu hujumi harbiy jinoyat bo‘lib, u arab dunyosiga qarshi yo‘naltirilgan. Biz suverenitetimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘ramiz", — dedi Qatar rahbari.
Amir, shuningdek, Isroilning G‘azoga qilingan zarbalari “genosidga aylanganini” aytdi va Tel-Avivni tinchlik muzokaralarini buzishda aybladi.
"Agar Isroil HAMAS siyosiy rahbariyatini yo‘q qilmoqchi bo‘lsa, nima uchun ular bilan muzokara olib boradi? Isroil muzokaralarni buzmoqchi. Kim barqaror va tizimli ravishda muzokara olib borayotgan tarafni nishonga olsa, u muzokaralarni buzishga xizmat qiladi", — dedi Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy.