Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Tehronga hujumi oqibatida ikki eronlik fizik halok bo‘ldi

Isroilning Tehronga hujumi oqibatida ikki eronlik fizik halok bo‘ldi

Ikki eronlik yadro fizigi Muhammad Mehdi Tehronchi va Eron Atom energiyasi tashkiloti sobiq rahbari Feridun Abbosiy Isroilning Tehronga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.

“Yadro fiziklari Muhammad Mehdi Tehronchi va Fereydun Abbosiy bugun ertalab Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Isroil havo kuchlari Erondagi go‘yoki yadroviy dastur va harbiy ob’ektlarga aloqador bo‘lgan o‘nlab nishonlarga zarba berayotgani haqida xabar bergan edi. Reuters agentligining isroillik harbiy mulozimga tayanib xabar berishicha, Eron harbiy qo‘mondonlari ham Isroilning Eronga zarbalari nishoniga aylangan.

Kiritildi: 09:00 13.06.2025. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!