Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Turkiyaga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda i24news xabar berdi.
Bennet Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni "ayyor va xavfli raqib", deb atab, uni Isroilni "o‘rab olishga" intilayotganini ta’kidladi. U Isroil rasmiylarini bu tahdidga ko‘z yummaslikka chaqirdi.
Sobiq bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qatar va Turkiya "Musulmon birodarlar" harakati atrofida Eron kabi “qurolni” shakllantirmoqda. Bennet Turkiyaning Suriyadagi faolligi va G‘azodagi ta’siri haqida ham gapirib, bu holatni Isroil uchun yangi tahdid sifatida baholadi.
Bennet, shuningdek, Isroil bir vaqtning o‘zida Tehron tomonidan kelayotgan tahdid va Anqara bilan munosabatlardagi murakkabliklarga qarshi turishi kerakligini bildirdi.
Hozircha Turkiya tomoni bu bayonotga rasmiy munosabat bildirmagan