Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Livan janubidagi Nabatiya shahrida Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi natijasida 13 nafar davlat xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi.

Bu haqda Reutersga tayanib Livan prezidenti Jozef Aun ma’lum qildi.

Prezident bayonotida Isroil hujumlari keskin qoralanib, davlat idoralariga qilingan zarbalar Livan suverenitetini himoya qilishni to‘xtatolmasligi ta’kidlangan.

Avvalroq xabarlarda kamida 8 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani aytilgan edi, keyingi ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar soni 13 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, hujum mahalliy ma’muriyat binosiga qaratilgan bo‘lib, qutqaruv ishlari davom etmoqda va qurbonlar soni yana ortishi mumkin.

Kiritildi: 23:18 10.04.2026. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!