Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Isroilning Livan janubidagi aviazarbalari 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Isroilning Livan janubidagi aviazarbalari 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Livan janubida Isroil aviazarbasi oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi jarohat oldi.

Mehr axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning Livan janubidagi Maruf, Abbasiya va Teyr Dabba qishloqlariga havo hujumlari natijasida 11 kishi, jumladan, bitta qutqaruvchi halok bo‘ldi va sakkiz kishi jarohat oldi.

Shuningdek, Isroil Qalaviya va Tulin qishloqlariga ikkita havo hujumi uyushtirgani va An-Nabatiya mintaqasidagi Xaruf qishlog‘i artilleriya o‘qlariga uchragani qayd etildi.

Kiritildi: Bugun 11:01. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!