Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilning ikki vaziri G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qarshi chiqmoqda

Isroilning ikki vaziri G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qarshi chiqmoqda

HAMAS bilan sulh bitimi imzolanishiga Isroil Moliya vaziri Besalel Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir qarshi chiqmoqda. Ultrao‘ng qarashlarga ega ushbu siyosatchilar G‘azodagi harbiy operasiyani qo‘llab-quvvatlash tarafdorlari hisoblanadi.

Ben-Gvir va Smotrich agar Isroil HAMASni batamom yo‘q qilish maqsadidan qaytadigan bo‘lsa, iste’foga chiqish bilan tahdid qilmoqda. Siyosatchilar shunday yo‘l tutadigan bo‘lsa, Isroil navbatdagi siyosiy inqirozga yuz tutishi mumkin. Ularning rahbarligidagi ikki partiyasiz hukmron koalisiya parlamentdagi ko‘pchilik o‘ringa egalik qila olmasligi va parchalanishi mumkin.

Kiritildi: 00:55 17.01.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!