Hizbulloh Isroilning G‘azodagi operasiyasini to‘xtatish uchun ko‘pchilik taxmin qilgan shimolda ikkinchi frontni ocholmadi. Aksincha, hozirgi vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, Isroil kutilganidan ancha kattaroq qarshilik va harakatga tayyorgarlikni namoyish qildi.
Isroil maxsus xizmatlari tomonidan rejalashtirilgan va tezkor ravishda amalga oshirilgan Hizbullohga qilingan hujum ushbu tashkilotning asosiy shaxslarini muntazam ravishda yo‘q qilinishi va uning harbiy infratuzilmasini barbod bo‘lishiga olib keldi. Razvedkadan mohirona foydalanish Netanyaxuga dushmanning zaif tomonlariga aniq zarbalar berishga imkon berdi, bu Hizbulloh rahbariyati orasida katta yo‘qotishlarga olib keldi.
Ta’kidlash joiz, Netanyaxu boshchiligidagi Isroil hukumati G‘azodagi avvalgi operasiyalardan yaxshi saboq oldi. Livanga quruqlikdagi qo‘shinlarni kiritish o‘rniga, Isroil aniq havo hujumlari va puxta tayyorlangan operasiyalariga tayanib, muhim taktik ustunlikka erishdi.
Taxminlarga ko‘ra, Hizbulloh yaqin orada o‘z kuchi va infratuzilmasini tiklay olmaydi, bu esa uning imkoniyatlarini jiddiy ravishda cheklaydi. Shu bilan birga, Isroil havo hujumlarini razvedka operasiyalari bilan birlashtirib, gibrid taktikalardan foydalanishda davom etishi mumkin. Qisqa muddatda bu nafaqat Hizbullohning, balki uning mintaqadagi tarafdorlarining ham zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu esa Yaqin Sharqdagi geosiyosiy dinamikasini yanada o‘zgartiradi.