Isroilning G‘azo sektori janubidagi, jumladan, Rafah va Xon Yunus hududlariga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida erta tongda kamida 30 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar yaralandi.
Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, El-Joniy (Rafah) hududidagi turar-joy binosining portlashi natijasida 8 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan.
Isroil kuchlari ham Rafahning Hashashin hududiga hujum qilib, ikki kishini o‘ldirdi. Rafax shimolidagi turar-joy binosiga uyushtirilgan zarba natijasida ko‘plab tinch aholi jarohatlangan.
Sharqiy Xon Yunusdagi El-Fehhari hududidagi turar-joy binosining portlashi oqibatida to‘rt falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi. Hududda bir mashinaga ham hujum uyushtirilib, 3 kishi halok bo‘ldi, ko‘plar yaralandi.
Xon Yunusning Al-Yabani hududida turar-joy binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.
Bundan tashqari, ko‘chirilganlar yashaydigan Al-Mavasi hududida chodir lageri vayron qilingan, unda ikki falastinlik halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan.
Shuningdek, Isroil qo‘shinlari Xon Yunus shimolidagi turar-joy binolariga zarba berib, ikki kishini o‘ldirgan va bir necha kishini yaralagan.
Bundan tashqari, sharqiy G‘azo mintaqasida, Tuffah hududida bir uyga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi yaralangan.
Isroil kuchlari ham Rafah va Xon Yunusga zarba berish uchun dronlardan foydalangan, natijada yana 7 nafar falastinlik halok bo‘lgan.