Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi turli hududlarga joriy etgan tonggi havo hujumlari natijasida kamida 28 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil etadi. Yana o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda shifoxona manbalari va guvohlar ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar asosan turar joy binolari, palatkali lagerlar hamda bolalar ovqatini tarqatish punktiga amalga oshirilgan. Ushbu joylarda hujum paytida yordam kutayotgan tinch aholi bo‘lgan.