Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning G‘azodagi harakatlari oqibatida kamida 21 ming bola nogiron bo‘lib qoldi

Isroilning G‘azodagi harakatlari oqibatida kamida 21 ming bola nogiron bo‘lib qoldi

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Falastin anklavidagi harbiy harakatlari natijasida G‘azo sektoridagi kamida 21 ming bola nogiron bo‘lib qoldi.

Bunday ma’lumotlarni BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi ekspertlari Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda taqdim etdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 40,5 mingga yaqin bola "urush jarohati" olgan. Qayd etilishicha, 2023 yilning 7 oktyabridan 2025 yilning 21 avgustiga qadar 157 mingdan ortiq g‘azolik jarohat olgan va ularning 25 foizdan ortig‘i umrbod nogiron bo‘lib qolish xavfi ostida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning XAMAS harakatining qurolli tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va 250 dan ortiq kishining garovga olinishi bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil anklavda XAMASning harbiy va siyosiy tuzilmalarini yo‘q qilish va o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish uchun harbiy operasiya boshladi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar natijasida sektorda halok bo‘lgan falastinliklarning umumiy soni 63 mingdan oshdi, 161 mingdan ortig‘i yaralandi, yana 367 nafar mahalliy aholi, jumladan, 131 nafar bola ochlikdan halok bo‘ldi.

Kiritildi: 09:15 04.09.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!