Quruqlikdagi operasiya yakunlangach, Isroil armiyasi G‘azo sektorida qo‘shinlarini saqlamaydi, balki chegara yaqinida bufer zona yaratadi.
Bu haqda Isroil rasmiylaridan biri “Times of Israel” nashriga bergan bayonotida aytib o‘tdi.
"Harbiy rahbariyat G‘azo bilan chegarada HAMASning harbiy kuchlarini o‘z atrofida to‘plashi va Isroilga yana hujum qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsizlik bufer zonasini tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda. Bu siyosiy harakat emas, balki xavfsizlik chorasi”, dedi rasmiy.