Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti "kunlar emas, haftalar" davom etishi mumkin va AQSh ma’muriyatining so‘zsiz roziligi bilan amalga oshirilmoqda.
Bu haqda Oq uydagi va Isroil rasmiylaridagi manbalarga tayanib, CNN telekanali ma’lum qildi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yopiq muhokamalar chog‘ida operasiyaning kutilayotgan davomiyligiga e’tiroz bildirmagan. Oq uy vakili Amerika tomoni Isroilning rejalaridan xabardor ekanligini va ularni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.