Isroil va Eron o‘rtasidagi janglar kamida ikki hafta davom etishi mumkin. Bu haqda Ynet portali yozmoqda.
Avvalroq Isroil armiyasi Erondagi yadroviy dastur va harbiy ob’ektlarga aloqador o‘nlab nishonlarga zarba bergani haqida xabar bergan edi. Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rasmiy vakili Ibrohim Rizoiy Eron Isroil hujumini javobsiz qoldirmasligini aytdi.
"Isroilning hisob-kitoblariga ko‘ra, Eron bilan janglar kamida ikki hafta davom etadi", — deb yozadi portal.