Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilga yana raketa hujumi: husiylar Tel-Avivni nishonga oldi

Isroilga yana raketa hujumi: husiylar Tel-Avivni nishonga oldi

Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan shialarning "Ansor Alloh" harakati (husiylar) Tel-Aviv janubidagi Isroil harbiy nishoniga ballistik raketa bilan hujum qilganini ma’lum qildi.

Juma kuni husiychilar Isroil shimolidagi Xayfu shahriga ikki marta raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

"Yaman qurolli kuchlarining raketa qo‘shinlari (husiylar - tahr.) harbiy operasiya o‘tkazdi, uning davomida "Falastin-2" gipertovushli ballistik raketasi bilan bosib olingan Yafa (Tel-Aviv - tahr.) hududining janubida Isroil dushmanining harbiy nishoniga zarba berdi," - deyiladi husiylar qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariyaning bayonotida.

Husiychilar mart oyidan beri G‘azo sektoridagi sulh tugagandan va Isroil u yerga gumanitar yordam yuborishni to‘xtatganidan keyin Isroilni o‘qqa tutishni qayta boshladi.

Kiritildi: 16:14 03.05.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!