O‘zbekistonning Isroil davlatida joylashgan elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.
Elchixona Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari barcha ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishi kerakligi eslatilgan.
"Shuningdek, hayit bayramini nishonlash jarayonida va umuman Isroil davlatida bo‘lib turish davomida shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha barcha ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz, rasmiy manbalar orqali axborot olish va favqulodda holatlarda elchixona bilan bog‘lanish tavsiya etiladi", deyiladi xabarda.