Isroil razvedka xizmati "Mossad" Qatar bilan munosabatlarning uzilishidan qo‘rqib, Dohadagi Falastinning XAMAS harakati yetakchilarini yo‘q qilish rejasidan voz kechdi.
Bu haqda Isroil manbalariga tayanib, The Washington Post gazetasi xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, "Mossad" bir necha hafta davomida Dohadagi XAMAS vakillarini yo‘q qilish uchun maxfiy xizmat agentlaridan foydalanish rejasini ishlab chiqqan. Biroq, "Mossad" rahbari David Barnea bu rejaga qarshi chiqdi, chunki rasmiylarning yo‘q qilinishi Qatar tomoni bilan ko‘p yillik hamkorlik davomida qurilgan munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin edi.
Isroil razvedkasining shubhalari Isroil Mudofaa Kuchlari (SAXAL) o‘sha yerdagi agentlardan foydalanish o‘rniga, operasiya muvaffaqiyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 15 qiruvchi samolyotdan foydalangan holda havo hujumi uyushtirganiga olib keldi. Qayd etilishicha, "Mossad"ning rejani amalga oshirishdan bosh tortishi Isroil xavfsizlik idoralari o‘rtasidagi keng qarama-qarshilikni aks ettiradi.