Isroil yaqin kunlarda Erondagi belgilangan nishonlarga berilayotgan zarbalarni yakunlashga umid qilmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
"Shundan so‘ng Isroil harbiy harakatlarni tugatishi mumkin, biroq bu ko‘p jihatdan Eronning qanday javob berishiga bog‘liq bo‘ladi", deya yozmoqda nashr isroillik rasmiylarga tayanib.
WSJ'ga ko‘ra, AQSh mintaqadagi arab davlatlari rasmiylaridan bu xabarni Eron tomoniga yetkazishni so‘ragan, biroq Tehron hozircha chekinishga tayyor emasligini bildirgan.
"Eron Qo‘shma Shtatlarning hujumiga javob berishga majbur ekanligini ma’lum qilgan. Isroilliklar esa Eronning javob hujumiga ham qarshi chora ko‘rilishini ta’kidlamoqda", deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, agar Tehron muzokaralardan keyin o‘z yadroviy dasturini tiklashga urinsa, Isroil yana hujum qilishini bildirgan.