Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil XAMASdan G‘azo sektori hududida zudlik bilan qurolsizlanishni talab qilishga chaqirdi

Isroil XAMASdan G‘azo sektori hududida zudlik bilan qurolsizlanishni talab qilishga chaqirdi

Isroil XAMASdan G‘azo sektori hududida zudlik bilan qurolsizlanishni talab qilishga chaqirdi

Isroil AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini amalga oshirish uchun xalqaro vositachilarni Falastinning XAMAS harakatidan G‘azo sektorining butun hududida zudlik bilan qurolsizlanishni talab qilishga chaqirdi.

The Times of Israel nashri xabar berishicha, bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’muriyati bayonotida ma’lum qilingan.

«Isroil vositachilarni Trampning 20 banddan iborat rejasini amalga oshirish uchun XAMASdan G‘azo sektori hududida zudlik bilan qurolsizlanishni talab qilishga chaqirmoqda», — deyiladi bayonotda.

Bosh vazir ma’muriyati ta’kidlashicha, AQSh rejasiga muvofiq, XAMAS qurollarini topshirishi, G‘azo sektori esa tiklash ishlari boshlanishidan oldin harbiylashtirilmagan hududga aylantirilishi kerak.

«Bugungi kunga qadar XAMAS birorta ham qurolini topshirgani yo‘q», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Isroil AQSh va Tinchlik kengashi bilan yaqin hamkorlik qilayotgani hamda Tramp rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish tarafdori bo‘lib qolayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik