- Bugun kechroq Isroil va HAMAS o‘rtasidagi uchinchi almashinuv doirasida Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni, jumladan 30 nafar bolani ozod qilishi, HAMAS va Falastin Islomiy Jihod tashkiloti esa G‘azodagi sakkiz asirni, ular orasida besh nafar Tailand fuqarosi va uch nafar isroillikni ozod qilishi kutilmoqda.
- Isroil harbiylarining bosib olingan hududdagi tajovuzi kuchaytirilayotgan bir paytda, G‘arbiy qirg‘oqdagi Tammun shahrida Isroil havo hujumi tufayli kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
- "Al-Jazira" telekanali joydagi muxbirlarining xabar berishicha, 500 mingdan ortiq falastinlik Shimoliy G‘azoga qaytib kelgan bo‘lib, u yerda aholi anklavga ko‘proq yordam etkazilishini kutmoqda.
- Isroilning bosib olingan Sharqiy Quddus, G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Falastin qochqinlari bo‘yicha BMT agentligi (UNRWA) faoliyatiga qo‘ygan taqiqi bugun kuchga kirishi kutilmoqda.
- Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida 2023 yil 7 oktyabrdan buyon kamida 47 417 falastinlik o‘ldirilgan va 111 571 nafari yaralangan.