Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda 13 ta davlatdan yordam so‘ramoqda

Isroil o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda 13 ta davlatdan yordam so‘ramoqda

Isroil 13 davlatdan Quddus yaqinidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam so‘ragan.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ma’lum qildi.

"So‘nggi soatlarda men Ozarbayjon, Argentina, Buyuk Britaniya, Gresiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Portugaliya, Shimoliy Makedoniya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya va Shvesiyadan bo‘lgan hamkasblarim bilan suhbatlashdim va ulardan havodan (o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun) yordam so‘radim," - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, o‘rmon yong‘inlari chorshanba kuni ertalab Quddus g‘arbida boshlangan va tezda nazoratdan chiqib ketgan. Rasmiylar bir nechta aholi punktlaridan aholini evakuasiya qilish va bir nechta avtomobil yo‘llarini yopishga majbur bo‘ldi. Isroilning Ashkelon, Beer-Sheva, Modiin va boshqa shaharlarida ob-havo sharoiti tufayli Mustaqillik kuni munosabati bilan tadbirlar bekor qilindi.

Kiritildi: 04:01 01.05.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!